Qashqarcha
Qashqarcha — kelib chiqishi uyg’ur musiqasi bilan bog’liq usul hamda shu usul jo’rligida ijro etiladigan kuy va ashulalar: 1) Shashmaqomning 2-guruh sho’balari Savt, Mo’g’ulcha turkumlarida Rok, Mustazodi Navo kabi sho’balarning talqinchadan keyin keladigan shoxobchasi. Ular sho’balar nomi bilan birga qo’shib (masalan, Qashqarchai Savti Ushshoq kabi) ataladi; 2) 2 qismli o’zbek xalq kuyi. Unda uyg’ur va o’zbek xalq musiqasi ohanglari uyg’unlashgan; 3) Hofiz Sodirxon Bobosharifov bastalagan ashula nomi.
O‘xshash so‘zlar
- Qashqarcha (ravon)
- Qasida
- Qaskelen
- Qasmaldoq
- Qasr al-xayr al-g’arbi
- Qatag’on, qatag’onlar
- Qatar, Qatar davlati
- Qatiq

