Qatag’on, qatag’onlar

Qatag’on, qatag’onlar — o’zbeklar tarkibidagi yirik qabila. Afg’oniston shimoliy rayonlari (Qunduz va Toshqo’rg’on), Tojikiston (Ko’hitang tog’ining Sharqiy yon bag’irlari, Vaxsh, Surxon, Panj va Yaxsu daryolarining bo’ylari)da, O’zbekiston hududida, asosan, Qashqadaryoning Shahrisabz vohasi (Yakkabog’ daryosining yuqori oqimi), Buxoro vohasi (Navoiy va Kattaqo’rg’on tumanlari), Xorazm, Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasida yashashgan. 1924 yilda O’zbekiston va Tojikistonda yashovchi Qatag’onlarning umumiy soni 27,2 ming kishi bo’lgan. Farg’ona vodiysi hamda Toshkent vohasida yashagan Qatag’onlar 18-19-asrlarda batamom o’troqlashgan. Qatag’onlar bir necha urug’larga bo’lingan. O’tmishda chorvachilik bilan shug’ullanishgan, asrlar davomida o’troqlashib, dehqonchilik qilganlar.