Qaynash

Qaynash — suyuqlikning butun hajm bo’yicha shiddat bilan bug’ga aylanish jarayoni. Suyuqlikda hamisha erigan gazlar mavjud bo’lib, ular idishning tubi va devorlarida hamda suyuqlik ichida muallaq uchib yurgan chang zarralarida maydamayda pufakchalarni hosil qiladi. Temperatura ko’tarila borgan sari pufakchalardagi to’yingan bug’miqdori va bosimi orta boradi. Itarib chiquvchi kuch ta’sirida pufakchalar yuqoriga qalqib chiqadi. Agar suyuqlikning yuqorigi qatlamlari temperaturasi pastroq bo’lsa, ko’tarilayotgan pufakchalardagi bosim tez kamayadi va shunchalik tez puchqayib qoladi. Pufakchalarning devorlari bir-biriga urilib o’ziga xos shovqin chiqaradi. Pufakchalar ichidagi to’yingan bug’ bosimi suyuqlikdagi bosimga tenglashgach, pufakchalar puchqaymasdan ko’tarila boshlaydi, shovqin ham to’xtaydi va Qaynash boshlanadi. Barqaror Qaynash jarayonida suyuqlikning temperaturasi o’zgarmaydi. Suyuqlikka berilayotgan butun energiya (issiqlik energiyasi) suyuqlikni bug’ga aylantirishga sarf bo’ladi. O’zgarmas bosim ostidagi suyuqlikning Qaynash jarayoni yuz beradigan temperatura qaynash temperaturasi (g) deb ataladi. Qaynashtrasi to’yingan bug’ temperaturasi (to’yinish temperaturasi) ga teng bo’ladi. Har xil moddalar turli temperaturada qaynaydi.