Ko’pgina hasharotlar uchun olam gung. Ammo qora chigirtka, sarancha, chirildoq va tungi kapalaklarning eshitish a’zolari bor. Ammo ular boshida emas, oyog’ida, to’g’rirog’i, qornida joylashgan. Ayrim qora chigirtka va chigirtkalarning quloq pardasi old oyoqlarida o’rnashgan. Oyoqlarini har yonga qimirlatib, ular tovush kelayotgan tomonni bilishga harakat qiladilar. Saranchaning qulog’i ort panjalarining poyidagi qornida joylashgan. Chigirtkalar eshitish qobiliyatiga ega bo’lgani bilan quloqlari anchayin g’ayrioddiy va g’ayriodatiy joyda o’rnashgan. Hasharotlarning eshitish a’zolari biznikidan ko’ra sodda tuzilgan, ammo anchayin sezgir. Tungi kapalaklarning eshitishi ko’rshapalaklar uchganda chiqaradigan ovozni eshitishga moslashgan. Masalan, odam ko’rshapalaklar ovozini farqlay olmaydi. Kapalak esa xavfli chiyildoqni sezib, darrov boshqa tomonga buriladi yoki yer tomon sho’ng’iydi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
