Qaysi o’simliklardan gazmol tayyorlanadi?

Bugun yolg’iz o’simliklarning o’zidangina kiyim-kechak tayyorlanmaydi. Aksariyat matolar tabiatda uchramaydigan va ayni paytda neylon va akril singari inson tomonidan yaratilgan moddalardan tayyorlanadi. Biroq ularni kashf qilgunga qadar inson tabiatdan o’zlashtirish mumkin bo’lgan ashyolardan foydalana olardi, xolos. Shu bois odamzot uzoq yillar davomida o’zi uchun kiyim-kechak tikishga ishlata biladigan o’simliklarni izladi. Tushunarli, har xil iqlimga ega mintaqalarda bunday o’simliklar ham turli-tuman bo’lgan. Shimoliy va sharhiy Yevropa mamlakatlarida zig’ir ana shunday o’simlikdir. Zig’ir yetishtirishning tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Zig’ir — o’tsimon o’simlik bo’lib, serunum yerlarda yaxshi o’sadi. Uning bo’yi 1 metrga yetadi va qattiq tolali poyaga ega bo’ladi. Zig’ir donlari pishganidan so’ng uni yerdan qo’porib olishadi. Donlardan olingan yog zig’ir yog’i deb ataladi. Zig’ir yog’i atir-upa sanoatida bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. Zig’ir poyalari esa gazmol ishlab chiqarish uchun xomashyo sanaladi. Bu jarayon quyidagicha kechadi. Zig’ir poyalari urug’ ko’saklari va ildizdan ajratilgach suvda ivitiladi. Shundan so’ng ivigan o’simlik titilib, poyaning qalami qismi ajratib olinadi. Keyin tolalarni qotib qolgan qoldiqlardan ajratib olish uchun ular quritiladi va titiladi. Pirovardida ularni titib eng uzun va mayin tolalar olinadi. Ana shu tolalardan iplar yigirilib, matolar to’qiladi. Ilgari bu ishlarning barchas qo’lda bajarilar edi, lekin sekin-asta jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi. Zig’ir tolasidan tayyorlangan gazmollar ancha dag’al bo’lganligi bois hozirgi kunda ulardan faqat ustki kiyim-kechaklar, ko’rpa-yostiq jildlari kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Qalin zig’ir tolasidan kema yelkanlarini tayyorlashda ishlatiladigan mustahkam mato — parusina to’qiganlar. Ulardan esa tadbirkor tikuvchilar barchaga ma’lum bo’lgan djinsi kiyim — boshlarni tikkanlar. Belgiya va Gollandiya Yevropada to’qimachilik sanoatining muhim markazlari bo’lgan. Ammo bugunga kelib gazmol ishlab chiqarishga ip beradigan o’simliklar bu mamlakatlarda deyarli ekilmaydi. Zig’irdan tayyorlangan gazmollarning bahosi qimmat bo’lishining boisi ham ana shunda.