QIMMATBAHO (QIMMATLI) QOG’OZLAR
QIMMATBAHO (QIMMATLI) QOG’OZLAR – egalariga daromad keltiradigan hamda turli aktivlarga (sertifikat, aksiya, obligatsiya va boshqa) bo’Igan huquqni tasdiqlovchi hujjat. Qimmatbaho qog’oz aniq, real kapitalni qog’ozda ifodalaydi. Qimmatbaho qog’ozlarning quyidagi turlari mavjud: veksel, chek, aksiya, obligatsiya, sertifikat, turli muassasa, tashkilot va idoralarning (bank, xayriya va ishonch fondlari) qonunda ko’zda tutilgan hollarda mablag’ bilan ta’minlaydigan ishonch qog’ozlari.