Qipchoq tili

Qipchoq tili – turkiy tillar oilasiga mansub o’lik til; Dashti Qipchoq cho’llaridan qora dengiz bo’yi cho’llarigacha bo’lgan ulkan hududda yasha- gan va musulmon manbalarida «qipchoq», «qifchoq», Evropa manbalarida «Kuman», «Koman», «kun», rus manbalarida «poloves» deb atalgan yirik qabilalar Ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1052 yilga mansub. Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Mo’g’ul bosqinigacha bo’lgan Qipchoq tili haqidagi ma’lumotlar oz bo’lib, ular Mahmud Koshg’ariy lug’ati materiallari, 13-asrgacha bo’lgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Mo’gul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13— 14-asrlarda Misrda tuzilgan, muallifi noma’lum turkiycha-Arabcha lug’atni («tarjumoni turki va ajami va mug’ali»), Abu Hayyonning «Kitob ul-idrok lilison ul-atrok» («Turkiy tillarni o’rganish kitobi», 1313), Jamoliddin Turkiyning «Kitobu bulg’ot ul-mushtoq fil-lug’ot it-turk val-qifchoq» («Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob», 14— 1 5-asrlar), noma’lum muallifning «Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lug’at it-turkiyya» («turkiy til haqida noyob tuhfa», 14-asr) kabi lug’atlarni ko’rsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda «Kodeks Kumanikus» deb nom olgan, 2994 so’zli lotincha-forscha-qipchoqcha lug’at, «yangi ahd»dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat bo’lgan asardir. 1294 yil yaratilgan bu asarni 1880 yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan. Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrim-tatar va qo’miq tillariga yaqin, o’xshash bo’lgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik o’ziga xosliklarga ega, leksikasida Arab, fors, grek tillaridan o’zlashmalar mavjud bo’lgan. Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na poloneskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsnie v izuchsnie Tyurkskix ya Zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognoshenie k sovremennsh Zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qo’chqortoev I.. Isabekov B., Turkiy Filologiyaga kirish, T.. 1984.