Qirg’iy yapaloqqush

Qirg’iy yapaloqqush — yapaloqqushlar oilasiga mansub parranda. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy-Sharqiy qismida uchraydi. Tanasining uzunligi 35— 40 santimetr, qanoti yoyilganida 70-80 santimetr, og’irligi 250 -370 gramm. Modasi nariga nisbatan yirik, rangi o’xshash. Orqasi to’q qo’ng’ir, oq xolli, qorin qismi oq, qoramtir-qo’ng’ir Yapaloqqush. Uyasini daraxtlarga yasaydi yoki boshqa qushlarning uyasidan foydalanadi. 3 tadan 13 ta gacha tuxum qo’yib, 4 haftacha bosadi. Kemiruvchilar, ba’zan qushlar bilan oziqlanadi.