QISHLOQ QURILISH BANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI

QISHLOQ QURILISH BANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI – qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq 2009-yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat a bankini tashkil etish to’g’risida’ gi qaroriga muvofiq “G’alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so’m miqdorida shakllantirilgan.