Qit’a

Qit’a – Yer sharidagi quruqlikning katta qismi. Qit`aga materik yoki materik qismi bilan bir qatorda yon-veridagi orollar ham kiradi. Yer sharida 6 ta qit`a bor: Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika, Antarktida. Tinch okeanning Amerika, Avstraliya va Osiyodan uzoqdagi orollari «orolli» qit`a hisoblanadi va Okeaniya deb ataladi.