QONUNCHILIK PALATASI

QONUNCHILIK PALATASI – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko’rsatishiga asoslanadi.