Qoraqalpog’iston, Qoraqalpog’iston Respublikasi

Qoraqalpog’iston, Qoraqalpog’iston Respublikasi — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika. 1924 yil 14 oktabrda Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km2. Aholisi 1569,4 ming kishi (2005). Poytaxti — Nukussh. tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yig’ini bor. Davlat tuzumi. Qoraqalpog’iston — parlament boshqaruv shakliga ega bo’lgan suveren demokratik respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — ko’p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi (QR JK). QR JK raisi respublika rahbari hisoblanib, u JK deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpog’istonda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpog’iston Oliy Kengashining 1993 yil 9 apreldagi 12-chaqiriq 12 – sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpog’iston o’z davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrog’iga ega. Tabiati. Qoraqalpog’iston Qizilqum cho’lining shimoliy-g’arbiy, Ustyurt platosining Janubiy- Sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining Janub qismi Qoraqalpog’iston hududida. Qizilqumning shimoliy- g’arbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik bo’lib, qator tepa va qumli barxanlar (balandligi 75 metrdan 100 metrgacha) uchraydi. Alohida tog’ massivlari (eng, yirigi — Sulton Uvays tog’y, cho’qqilari 473 metr va 485 metr) bor. Sug’oriladigan yerlar va sug’orish kanallari, asosan, deltaning o’ng sohilida. G’arbida bir nechta botiqli (Borsakel- masalan, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29— 101 metr) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo Deltasiga tik yon bag’irli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan Janubiy- Sharqda Sariqamish soyligining shimol chekkasi joylashgan. Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yog’adi. Yanvar oyining o’rtacha temperaturasi janubda -4,9°, shimolda — 7,6°^ iyulda Janubda 28,2°, shimolda 26°. Yillik yog’in 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yog’adi. Vegetatsiya davri 194— 214 kun. Eng yirik daryosi—Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimgi sug’oriladigan hudud sifatida ma’lum. Daryo suvidan sug’orishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xo’jaligi boshqarmasi Taxiatosh gidrouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha bo’lgan (283 kilometr) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. O’rta va yuqori oqimlarda daryo suvi sug’orishga ko’p sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi. Qoraqalpog’istonning eng yirik ko’li — Orol dengizi, shuningdek, Xo’jako’l — qorajar ko’llar sistemasi bilan bog’langan Sudoche ko’l sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sun’iy suv havzalarida mavjud. So’nggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sug’oriladigan erlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005 yil boshiga 23 metr pasaydi. Qoraqalpog’istonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xo’jaliklari tashkil etilgan. Tuproqlari. Amudaryo deltasida allyuvial-o’tloq, allyuvial o’tloq-to’qay, qurib qolgan ko’l va botqoqliklarda tipik sho’rxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, To’qmoqtog’ va Ustyurt platosida kulrang- qo’ng’ir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Qoraqalpog’istonda yuksak o’simliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi o’simliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy o’simliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi o’simlik O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpog’iston hududi tropik bo’lmagan cho’l zonasida joylashganligi sababli o’simlik qoplami zonalar bo’yicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-g’arbi va qoldiq past tog’lar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt Landshafti gipsli, sho’rxok va qumli cho’l bo’lib, o’simliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak o’simlik turi mavjud. Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli o’simlik o’sadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, o’simlik turi kam, asosan, qalin to’qay o’simliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoliy- g’arbiy qismida katta maydonlarda siyrak o’t-butali cho’lga xos o’simliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulg’un, oq saksovul) o’sadi. Qoldiq tog’larda o’simlik turi nisbatan ko’p. Bu yerda 506 turga mansub yuksak o’simlik uchraydi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’iston tabiiy o’simliklaridan yem-xashak, o’rmon (to’qay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming gektar) yaylov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpog’iston o’rmon-to’qay fondi 1129 ming gektar maydonni egallaydi. To’qaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor o’simliklarning 364 turi mavjud. Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi ma’lum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. So’nggi 10 yil ichida Qoraqalpog’iston hayvonot dunyosi ancha o’zgarishlarga uchradi. Ko’pgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yo’qolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Cho’lda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qo’shoeq; yirik sut emizuvchilardan Jayran, bo’ri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, so’fito’rg’ay; o’rgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqalar yashaydi. To’qaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirg’ovul, o’rdak, g’oz, qoravoy, loyxo’rak; sut emizuvchilardan chiyabo’ri, to’qay mushugi, bo’ri, tulki, tolay quyon, qobon va boshqalar. Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va oroldan pilmay, sazan, Taran, laqqa baliq va boshqalar ovlanadi. Ba’zi turlar yo’qolib ketgan va sanoat ahamiyatini yo’qotgan. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan. Respublikada 3 maxsus qo’riqlanadigan tabiiy hudud: «Badayto’qay» davlat qo’riqxonasi, «sayg’oq» va «Sudoche» buyurtma qo’riqxonalari tashkil etilgan. Qo’riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming gektar. Aholisi, asosan, qoraqalpoq va o’zbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreyslar va boshqalar yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 gektar 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari — qoraqalpoq va o’zbek tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati bo’yicha Toshkentdan keyin 2-o’rinda), To’rtko’l, Taxiatosh, Xo’jayli, Qo’ng’irot, Chimboy. Tarixi. Qoraqalpog’iston hududida odam so’nggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik — 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi cho’llarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sug’oriladigan dehqonchilik paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi 7— 6-asrlarda Qoraqalpog’iston hududida qadimgi davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Qo’yqirilgan-qal’a, Oybo’g’ir va Burliqal’a sh.lari xarobalarini qazish vaqtida qadimgi yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qo’yqirilganqal’a va Oqshoxonqal’ada qadimgi tasviriy san’at va haykaltaroshlik yodgorliklari topildi. Xorazmshoxdarning Tuproqqal’a (milodiy 3— 4-asr boshlari) saroyi so’nggi antik davrning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan Islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12-13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati G’arbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda mo’g’ullar istilosidan so’ng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin O’rdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpog’iston hududidan Osiyodagi qo’shni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga bo’yiga muhim savdo yo’llari o’tgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Qoraqalpoqlarning eng qadimgi etnogenezi Amudaryo deltasi va Orol- Kaspiybo’yi cho’llarida miloddan avvalgi 7 — 4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bog’liq. 6-8-asrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8— 10-asrlarda bijanak (pecheneg va o’gizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani cho’lga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining ko’plab ko’chib ketishiga sabab bo’lgan. Qoraqalpoqlar g’arbga O’zbo’y, Volga va Ural tomonga ko’chib o’tganlar. U erda Oltin O’rda tarkibida bo’lganlar. Ular Rashiduddin asarida «qavmi kulohi siyoh» deb atalgan. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 — 18-asrning o’rtalarida Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning o’rgalarida siyosiy voqealar, ya’ni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi g’arbiy tarmog’i — Janadaryo bo’ylariga ko’chib o’tdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar Orol o’zbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qo’ng’irot, so’ngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) bo’lgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanganlar. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe bo’ldi. 1873 yilda rus podsho qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishidan so’ng va Gandimiyon shartnomasi tuzilgach, Amudaryoning o’ng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qo’shib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo bo’limi tashkil etilgan. Amudaryo bo’limi 2 uezd: markazi To’rtko’l qal’asi bo’lgan Sho’raxon va Markazi Chimboy bo’lgan Chimboy uezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga g’ov bo’ldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zo’rayib ketdi. 1916 yilda Chimboy, To’rtko’l va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qo’zg’olonlar bo’ldi. 1917 yilda podsho hukumati ag’darilgach, o’ng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda sho’rolar hokimiyati o’rnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qo’zg’olonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo bo’limi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924 yil aprelda Qozog’iston-Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati tuzildi. O’sha yilda chap va o’ng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq Muxtor viloyati maqomida Qozog’iston Muxtor Respublikasi tarkibiga kirdi. 1924 yil oktabrda O’rta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati tuzildi. 1929 yilda Taxtako’pirda ko’plab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosatiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpog’istonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qo’shib olish uchun asosiy sabab bo’ldi. 1932 yil martda Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati Qoraqalpog’iston Muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936 yildan O’zbekiston tarkibida. Qoraqalpog’iston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 — 22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. O’sha davrlarda an’anaviy jamoat, xo’jalik va madaniy munosabatlar yo’q qilindi, bir necha o’n ming kishi qatag’onga uchradi. 1950-80 yillarda Qoraqalpog’istonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron bo’ldi. Paxta yakkahokimligi, qishloq xo’jaligidagi ma’muriy buyruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keldi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sog’lig’ining yomonlashuviga olib keldi. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi suvereniteti e’lon qilindi. 1991 yil 31 avgustda bu holat «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’z aksini topdi. 1993 yil 4 dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining me’yoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi ma’muriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati o’rnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqarolarning mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi. Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpog’istonda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), «Adolat» sosial demokratik partiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), O’zbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda «kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti faoliyat ko’rsatadi. Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951 yilning avgust oyida Qoraqalpog’iston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005 yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpog’iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, Avtotransport va pul xo’jaligi, aloqa. ta’lim va fan, sog’liqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xo’jalik korxonalari, yoqilg’i- energetika, geologiya va kimyo sanoati, kichik biznes, iste’molchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari. Xo’jaligi. Qoraqalpog’iston — xo’jaligi rivojlangan respublika. Qoraqalpog’iston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, tsement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi. Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo’lib, ular quyidag’ilardan iborat: elektroenergetika; yoqilg’i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; o’rmon. yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz; un-yorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qo’shni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning o’rtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qo’ng’irot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg’i sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika bo’yicha 1697,1 million M1 gaz va 30,4 ming tonna kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda «Nukuskabel» ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qo’ngirot un zavodi (1993), «To’rt-ko’ldon» (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi. Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va to’qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog’-moy zavodlari, to’qimachilik korxonasi). Qung’irot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, «ustyurtgaz»), To’rtko’l tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xo’jayli tumanida (paxta, yog’-moy, ta’mirlash-mexanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yog’-moy, un- yorma zavodlari), Ellikqal’a tumanida (paxta zavodi, «Elteks» aktsionerlik jamiyati va «Yuniver» qo’shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta’mirlash-mexanika va uya- yorma zavodlari) faoliyat ko’rsatadi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig’ma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. to’qimachilik galantereyasi, o’simlik moyi, go’sht va go’sht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Qishloq xo’jaligi, asosan paxtachilik, g’allachilik (sholi va bug’doy yetishtirish) va chorvachilik (go’sht, sut, qorako’lchilik)dan iborat. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, g’alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilda umumiy ekin maydoni 251,2 ming gektar, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming gektar yerga paxta. 13 ming gektar yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming gektar yerga yem- xashak ekinlari ekildi. Chorvachilik, asosan, go’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xo’jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qo’y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi. Transporti. Qoraqalpog’iston keng va turli-tuman transport tarmog’iga ega. Temir yo’l, havo, avtomobil transportlaridan keng foydalaniladi. 1994 yilda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 4295 kilometr, shu jumladan, qattiq qoplamali yo’llar 4235 kilometr bo’lgan. 1999 yilda Amudaryoga Nukus va Xo’jayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yo’lli ko’prik qurildi. Qorao’zak — Miskin, Miskin —Gazo’choq. Mis- kin—Buzoqboshi temir yo’l qurib ishga tushirildi. 2005 yilda temir yo’l uzunligi 984 kilometrga yetdi. Nukusda trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan (1991). Nukus aeroporti 1940 yilda qurilib. 2003 yilda rekonstruktsiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat ko’rsatadi. 1998 yilda Qoraqalpog’istonda «O’zdunrobita» O’zbekiston — Amerika qo’shma korxonasining uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan. Tibbiy xizmati. Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 o’rin), 246 ambulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman Markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan Birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mo’ljallangan) qurildi. Qoraqalpog’istonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming o’rta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 o’rin to’g’ri keladi. Aholiga O’zbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman Markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bo’limlari xizmat ko’rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik parvarishi bo’yicha 75 o’rin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998 yildan skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 o’smirni qabul qilishga mo’ljallangan respublika o’smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilaktoriy (1200 o’rin) faoliyat ko’rsatadi. Sporti. Qoraqalpog’iston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqalar bo’yicha mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpog’istonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar O’zbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritganlar yoki sovrinli o’rinlarni egallaganlar. Qoraqalpog’iston sportchilari «Umid nihollari», «Barkamol avlod», studentlar universiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay bo’yicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada o’yinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo o’yinlarida boks bo’yicha Alisher Avezboev, futbol bo’yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo’yicha Baxtiyor Davletyarovlar g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toifadagi sportchilar tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. 2004/05 o’quv yilda Qoraqalpog’istonda 763 umumiy ta’lim maktabi faoliyat ko’rsatib, ularda 338 mingdan ziyod o’quvchiga 36,1 ming o’qituvchi ta’lim beradi. «Pro-T4-Sh gress» ta’lim va taraqqiyot markazi O’zbekistondagi 21 -asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. O’qitishning noan’anaviy uslublaridan foydalanish, eng yangi darsliklar, o’quv dasturlari, audio va videotexnikalarni qo’llash o’quvchilarga ingliz tilini o’rganishga yordam beradi. Uning filiallari Qo’ng’irot, To’rtko’l, Xo’jayli tumanlarida ochilgan. O’quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida e’tibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yo’naltirish va ularni maktabdagi o’qishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq ta’limi bo’limlari qoshida «Diagnostika markazlari» tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu o’rta maxsus o’quv yurtlarida 60,6 ming o’quvchi o’qiydi. Qoraqalpog’istonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba ta’lim olmoqda. 35 ilmiy muassasa, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli 6 ta bo’linma (O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining tabiiy fanlar kompleks inti, Bioekologiya instituti, Orolbo’yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpog’iston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bog’i ishlab turibdi. Matbuoti, radioeshittirish va televideniesi. Qoraqalpog’istonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: «yorqin Karaqalpaqstan» (1924 yildan), «Vesti Karakalpakstana» (1919 yildan), «qaraqalpaqstan jaslari (1931 yildan)», «Amu tongi» (1991 yildan), «Ustoz jolm» (1998), «Garezsizlik Xem nmzam» (1996 yildan), «Davr ko’zgusi» (1978 yildan), «Madaniyat Xem sport» (1997 yildan), «Amudaryo» (1932 yildan), «Vestnik» (1960 yildan), «Aral qmzlari» (1991 yildan), «ilim Xem jemiyet» (1991 yildan), «Saniyat» (2003 yildan), «Ekoomika Xem bank» (2003 yildan), «Karakalpakstan» (2002 yildan), «Bilim Xem ondiris», «Jipek jolm» (1999 yildan). Qoraqalpog’iston radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi. Qoraqalpog’iston televideniesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko’rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko’rsatuvlar olib boriladi. Adabiyoti. Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qo’shiqlari (yor-yor, xaujar, jo’qlov, yaramazon, gulapsan, badik va boshqalar), aytis (Aytishuv, qo’shiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, to’lgov, terma, dostonlar kiradi. Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri bo’lib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga bo’linadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan Doston «Alpamis» dostoni. Shuningdek, «Edige», «Qublon», «qirq qiz» dostonlari mashhur. Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jien jirovning (1730-84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. O’zining «ulug’tog'», «Po’sgan el» dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga ko’chib kelish tarixini yozgan. Qoraqalpoqlarning Turkistondan ko’chib kelishiga shoirning yana bir «xush bo’ling, do’stlar» she’ri bag’ishlangan. Yana bir shoir Kunxo’ja she’rlarida o’zi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qoraqalpoq shoirlari orasida yetakchi o’rinni egallaydi. Uning asarlari alohida to’plamlar sifatida qoraqalpoq, o’zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik she’rlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, otesh Alshinbay o’g’li (1828— 1902), Kulmurot Qurbon o’g’li (1845— 1926), Omar sugirimbet o’g’li va boshqa shoirlarning she’r, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib o’rin egallaydi. 20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida she’riyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musaev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N.Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzaev, D. Nazberganov, M. Daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va ma’rifat, ta’lim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy bo’ldi. 20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida qozi Maulik Bekmuhammad o’g’li (1885-1950), A.Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq og’zaki ijodining boy an’anaviy merosi keng tasvirlangan. 1940-45 yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targ’ibot yo’nalishidagi publisistik asarlar bilan feleton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi fashizm ustidan g’alaba qozonish, qahramonlik g’oyalari bo’lib, badiiy asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Urushdan keyingi davrda (1946-60) she’riyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. O’sha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xo’janiyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S.Pirjonov va boshqalarning ijodi samarali bo’ldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham ko’p e’tibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining ko’p asarlari, ba’zi adiblarning to’plamlari o’zbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. O’z navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining Saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga O’girilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi. 1960-80 yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.To’legenovning «Onalar», «Ko’lanka», «inson taqdiri», J. Aymurzayevning «berdaq», «qadrdon doktor», S.Xojaniyozovning «Suymaganga suykanma», «ahmoq podsho», T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik she’riyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan o’ziga xosligi rivojlandi va boyidi. 1970-80 yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qo’yilgan K.Rahmonovning (1942-2002) «u dunyoga taklif» tragikomediyasi, «injiqning muhabbati» komediyasi, I.Yusupovning «Ajiniyaz» operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va boshqalarning she’riy to’plamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qo’shilgan muhim hissa bo’ldi. 1970-80 yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Esemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bekbaulov, I.Qurbonboev, S.Soliev, M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boyidi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida o’rin tutadi. Hozirgi zamon qoraqalpoq she’riyatini g’oyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qo’shdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning «Xujdan». O.Abdurahmonovning «Bo’sag’a», A.Otepbergenovning «do’zax ichida», K.Rahmonovning «Oqibat», Sh.Seytovning «Xalqobod» romanlari yaratildi. She’riyatga o’z ovoziga ega bo’lgan K.Karimov, K.Reymov, N.Toreshova, M.Jumanazarova, O.Seytaev, O.Satbaev, J.Xo’shniyozov, X.Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi iste’dodli ijodkorlar kelib qo’shildi. Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning «Laqqilar kasalxonada», S.Jumagulovning «Ekstrasens», «Kuyovingni berib tur», K. Matmurotovning «Farzand», M.Nizamovning «noyob nusxa», J. Xo’janovning «Qo’shnimning qizi» asarlari qo’yildi. Qoraqalpog’iston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905-53), K.Aymbetov (1908-73), I.Sagitov (1908-93)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914-75), S.Ahmetov (1929-96), K.Maksetov (1927-2003), G.Esemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004), K.Sultanov (1932- 2000). K.Mambetov (1942-2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar. Me’morligi va tasviriy san’ati. Qoraqalpoqlar san’atini o’rganish xalqning uzoq o’tmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr me’moriy yodgorliklarida, masalan, tuproq-qal’aning Xorazm tsivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda ko’rish mumkin. Qoraqalpoqlar san’atining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qadimgi madaniyati bilan chambarchas bog’liq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan — kumushdan yasalgan tamg’ali belbog’ qadamalari, fibular va chakka halqalarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki «qora kulohlar» qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotda topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning o’ziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qo’shni bo’lgan xalqlar orasidan qoraqalpoqlarda ko’proq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli bo’lib, ularga naqsh tushirish texnikasi o’ziga xos. Qozoqlarnikidan farqli o’laroq, applikatsiya yo’li bilan tushiriladi. Ularda bezaklar to’lqin ko’rinishida bo’ladi, bu juda qadimgi ornament bo’lib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qadimdan daryo va ko’l bo’ylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yog’och o’ymakorligi rivojlangan. Qoraqalpog’iston hududida antik, o’rta asr va yangi davrlarga oid me’morlik Yodgorliklari mavjud. Me’morlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi ro’yxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 me’morlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. Beruniy tumanidagi Sulton Uvays bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17— 19-a.srlar); To’rtko’l tumanidagi qalandardag’ (18-19-asrlar). Norinjon bobo (12-14-asrlar) majmualari, Xo’jayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 —19-asrlar); Qo’ng’irot tumanidagi Beleuli (12— 14-asrlar) davut ota maqbarasi; Mo’ynoq tumanidagi Hakim ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqal’a tumanidagi Ayozqal’a-1 va Ayozqal’a-2 (3-8-asrlar), Tuproqqal’a (3-asr) eng muhim yodgorliklardir. 20-asrda Qoraqalpog’istonda gasviriy san’at shakllari rivoj topdi (I.Saviskii, Q.Soipov, J.Izentaev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatmoqda. Qoraqalpoq san’ati an’anaviy shaklga, chuqur tarixiy o’tmishga ega. Bugungi Qoraqalpog’iston san’atda o’ziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida o’tov, hovli an’anaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham san’atdagi an’anaviylik hamda milliy o’ziga xoslik saqtanib qolgan va o’z rivojlanishiga ega. Musiqasi. Qoraqalpog’iston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega bo’lib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, og’zaki an’anadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir. Musiqiy folklor shakllar asosini qo’shiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bog’liq bir qancha janrlar (mavsum marosim qo’shiqlardan «Aydar-Aydar» — shamolni chaqirish, dinii marosim — «Yaramazan», oilaviy marosim va maishiy qo’shiqlardan «Yar-yar», «Heujar», «o’len», «Sin-SIU», «Joqlau» va boshqalar) uning eng qadimgi qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga ko’ra xalq qo’shiqlari ishqiy-lirik, tarixiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qo’shiqlaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun porxan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan («badik», «gulapsan»). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqo’biz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan o’yin- qo’shiqlari, laparlari («yag’ln baxar») mavjud. Qoraqalpoqparning og’zaki an’anadagi professional musiqasining Markaziy qismini Doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq Doston ijrochilari 3 turga bo’linadi; jirovlar, Baxshilar va qissaxonlar. Ularning har biri o’ziga xos ma’lum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan bo’lib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi, doston aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu jo’rnavozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati an’anaviy ijodning eng qadimgi qatlamiga mansub bo’lib, qahramonlik dostonlarni («Qoblan». «Sharyar», «Edige», «Atpamis». «Maspatsha»), tarixiy to’lgovlarni ichki ovozda qo’biz jo’rligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi) lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni («Yusuf-Zulayha», «Zaure-Tlyir». «Yusuf-Ahmet», «Go’ro’g’li») hamda mumtoz she’riyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va g’ijjak jo’rligila (gohida bulamon ham qo’shiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. Ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Qissaxonlar ko’pincha savodxon shaxslar bo’lib, xalq yig’nnlarida doston qo’lyozmalarini o’qib yoki yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat o’ziga xos nutq intonatsiyasiga yaqin aytib kuy (namattarga solib, musiqiy cholg’u jo’rligisiz ochiq ovozda ijro etishadi. Milliy musiqa cholg’ulari qatoriga dostonchilarching cholgulari bo’lmish qo’biz, lutor, gijjak (girjek) va bo’lamondai tashqari chapgqo’biz, qamish surnay va bolalar xushtagi («iskirauik») kiradi. O’tmishda qoraqaqloqlarda chindovl, sunray, Karpay, Nog’ora, dap (doira) kabi cholg’ularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida ma’lumotlar saqlangan. Bulardan qo’biz va Dutor keng tarqalgan. Ularda mohir sozandadar tomonidan qoraqalpoq mumtoz cholg’u kuylari chalinadi. Ayniqsa. Dutor kuplari orasnda «Muxalles», «nalish» kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va ifoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq an’anaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrda Nuraoullo Jirov. Erpo’lat jirov. Ho’qiz jirov, Jumaboy jirov, qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Esjap baxshi Qospo’latop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpog’pston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qo’shdilar. 20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va hokazolar yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi Shomurotov salmoqli hissa qo’shdilar. 1970-90-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, Sonata kabi yirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo bo’ldi «Ajiniyaz» operasi (1974), «birinchi qoraqalpoq simfoniyasi» (1971). birinchi milliy baleti «oyjamol» (1996), G’.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqalar. O.Shomurotova, E.Sherazieva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va boshqalar zamonaviy musiqa madaniyatiga salmoqli hissa qo’shdilar. Respublikaning madaniy hayotida simfonik orkestr, katta xor jamoasi va balet truppasi faol ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946 yil), Qoraqalpoq davlat teleradioqo’mitasi qoshidagn xalq cholg’ulari orkestri, «Ayqulash» ashula va raqs ansambli, «Muxalles» Dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpog’iston ommaviy (estrada) musiqasi sohasida «O’ynasin» vokal cholgu ansambli. «Eulzor», «saubet». «Miiras», «Jigitlar» guruhlari, Z.Xo’janazarova (1961-92).’ r’Kutekeeva. M.Sapaeva. D. Mambetmuratov. E.Munteeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada xonandalari mashhur. Musiqiy bilim sohasida bolalar muspqa maktablari. Nukueda musiqa kolleji, madaniyat kolleji, oliy o’quv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda. Teatri. Drama va Teatrning elementlarida qoraqalpoq xalqnning urf-odatlari va odatlarida, xatq dostonlarida. xalq ustalarining ijodiyotida, professional so’z ustalarining san’ati Kampakat-Kampir, Davlat Laqqi. Tinnmqizda mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning san’ati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz san’at darajasida shakllandi. 1930 yil To’rtko’lda musiqali drama teatri tashkil etildi. Keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990 yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqari Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978 yilda tuzilgan S. Xo’janiyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990 yildan Davlat qo’g’irchoq teatri faoliyat ko’rsatmoqda Kinosi. 1970 yil 19 fevralda Nukusda O’zbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970 yilning o’rtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino san’ati rivojlana boshladi. 1990 yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida «Qoraqalpoq-film» kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning «Qalpoqcha» (1990), «Qaytish» (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yaratildi. A.Sultonov stsenariysi asosida «elim degan er edi». «Ayriliq» kabi hujjatli filmlari ekranga chiqdi. Ekologiya, Afg’on urushi. Xokayli arxitekturasi, MDH Prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 yilda ishlangan «Ona» filmi Buxoro kinofestivali ning maxsus mukofotiga sazovor bo’ldi. 2003 yil iyul oyida insbruk shahri (Avstriya)da o’tkazilgan 12-xalqaro kinofestivalida «Otabegi» hujjagli filmi qatnashdi. 2004 yil noyabr oyida Gollandiyada o’tkazilgan .Yug’a xalqaro kinofestivalida qagnashgan «quduq» hujjatli filmi shu oyning o’zida Bilbao (Ispaniya) shahrida o’tkazilgan xalqaro kinofestivalida festivalning eng yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega bo’ldi. Tashqi iqtisidiy aloqalari. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004 yil uchun 95559,4 ming AQSh dollari yoki 2003 yil darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSh dollari yoki 2003 yil darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQSh dollari yoki 2003 yil darajasidan 53,3% ko’p. 2004 yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy tashqi savdo hamkorlari: Xitoy — 33.4%. Germaniya — 14,6%, Buyuk Britaniya — 8,1%, Shveytsariya — 6,4%. Avstriya — 5.7%. Italiya — 4.1%. Frantsiya – 2,9%. AQSh — 2.5%. Polsha -2,3%, Belgiya — 1.7%ni tashkil qildi. Asosiy saldo hamkorlari bo’lib yaqin xorijiy mamlakatlardan Rossiya (13.1%) va Qozog’iston (1.0%) hisoblanadi. Eksportdagi asosiy o’rinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3%, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1% va yaqin mamlakatlarga 12,9%ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari — 78,3%, kimyo mahsulotlari -6,7%, qora va rangli metallar — 5,9%, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2%ga to’g’ri keladi. Ad.: Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII—XIX vv. (K istorii vzaimootnosheniy s Rossiey i Sredne-Aziatskimi xanstvami), T., 1968; Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., Kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyo-cherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1971; Nurmuxammedov M.K.,Antologiya karakalpakskoy poezii, T., 1968.