QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASINING BUDJETI

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASINING BUDJETI – Davlat budjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.