Qoraqobiq, qoraqovuq

Qoraqobiq, qoraqovuq — chuchmomadoshlarga mansub ko’p yillik piyozli dorivor o’simliklar turkumi. O’zbekistonda Seversev Qoraqobiqi yoki Qoraqobiq turi o’sadi. Piyozi tuxumsimon, usti qora po’st bilan o’ralgan. Piyozidan uzunligi 20 santimetr, eni 1,5 santimetrcha barglar o’sib chiqash. Iyunning oxirida barglari qurib, avgustda bargsiz soyabon to’pgulli poya hosil qilali. Gullari voronkasimon, sarg’ish-qizil. Urug’i qora, jigarrang. Toshkent viloyatining Sijjak, Burchmulla, Chimyon, Zarkent qishloqlari atroflarida, Qorjantov, Chatqol tizma tog’larining toshli va shag’alli yonbag’irlarida 1700-1900 metr balandliklarda o’sadi. Piyozi, bargi va urug’idan 12 xil alkaloid ajratib olingan.