Qorasuv kanali
Qorasuv kanali, O’ngqirg’oq Qorasuv kanali — Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent viloyat Qibray tumani hududida, Oqqovoq-2 GESning pastki befi o’ng qirg’og’idan boshlanadi. Uzunligi 35 kilometr (shundan 24 kilometr Toshkent shahri hududida), suv o’tkazish imkoniyati 18m3/sekund. O’rtacha chuqurligi 1,5—2 metr, eni 10-14 metr. Kanalning bosh to’g’oniga temir-beton yotqizilgan, 12 m3/sekund suv o’tkazadi. Qorasuv kanali 4,1 ming gektar ekin maydonini, shuningdek, Toshkent shahrining janubi va janubi-sharqini suv bilan ta’minlaydi.