Qoratikan

Qoratikan — it-jumrutdoshlarga mansub sertikan buta, ba’zan daraxtcha. G’arbiy va O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrimda tarqalgan. Bo’yi 2-3 metr. Barglari oddiy, bandli, seret, qiyshiq-tuxumsimon yoki qiyshiq-ellipssimon. Gullari ikki jinsli, mayda, ko’kimtir-sarg’ish, barg qo’ltig’idagi soyabonlarda joylashgan. Mevasi quruq, disksimon, qanotchali, diametri 15 — 25 millimetr, quruq, qizg’ish-jigarrang. May oyida gullab, mevasi iyun—avgustda etiladi. Qoratikan yorug’sevar, qurg’oqchilikka chidamli. Po’stlog’i va mevasi tarkibida oshlovchi moddalar bor. Ildizi va bargi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Yashil devorlar hosil etish uchun ekiladi.