Qoratol

Qoratol — Qozog’istonning Olma-ota viloyatidagi daryo. Ushtarak daryosi quyilgungacha Nurtayo’zak deb ataladi. Uzunligi 390 kilometr, havzasining maydoni 19,1 ming km2. Jung’ariya Olatovi yon bag’ridan boshlanib, Balxash ko’liga quyiladi. Yuqori oqimida tog’lar orasidan oqadi, o’rta va quyi oqimida Yettisuv tekisligini kesib o’tadi. asosan, muz va qor suvlaridan to’yinadi. Dekabrda muzlab, martda muzdan bo’shaydi. Suvi sug’orishga sarflanadi. Qoratol bo’yida Toldiqo’rg’on, Ushto’be shaharlari joylashgan.