Qo’sh bog’
Qo’sh bog’ — molekuladagi 2 qo’shni atom o’rtasidagi 4 elektronli Kovalent bog’. Qo’sh bog’, odatda, 2 valentli shtrix bilan belgilanadi: ^S=S/ \s=1*-, ^S=0,\s = 5, _ N = N — , — N = o va boshqalar. Bunda 5r2′ yoki zR — gibridlashgan orbitali 1 juft elektronlar 0-bog’ hosil qiladi. Bu bog’ning elektron zichligi atomlararo o’q bo’ylab joylashgan bo’ladi; a-bog’ oddiy bog’ga o’xshagan. orbitali boshqa elektron jufti yabog’ hosil qiladi, uning elektron zichligi atomlararo o’qdan tashqarida bo’ladi. Qo’sh bog’ hosil bo’lishida davriy sistemaning IV yoki V guruh elementlari atomlari ishtirok etayotgan bo’lsa. U holda shu atomlar va ular bilan bevosita bog’langan atomlar 1 tekislikda yotadi; valent burchaklari 120° ga teng. Qo’sh bog’ oddiy bog’ga qaraganda qisqa va ichki aylanishda yuqori energetik to’siqqa ega bo’ladi; shunga ko’ra qo’sh bog’orqali bog’langan atomlarga birikkan boshqa atomlarning holati ekvivalent emas, bu esa geometrik izomeriya kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qo’sh bog’li birikmalar biriktirish reaktsiyasiga moyil. Agar Qo’sh bog’ elektron simmetrik holatda bo’lsa, u vaqtda, reaktsiya ham radikal, ham ion mexanizmlari bo’yicha boradi.