Qumtosh
Qumtosh – kvarts, dala shpati, shaffof minerallar (slyudalar), xlorit, tsementli kaltsit, gips, gilli material, kremnezem fosfat, gidrogetit va shu kabilarning 2,0-0,01 millimetr o’lchamli zarralaridan tashkil topgan zich qoldiq jins. Bu jinsning zarralari oq, kulrang, sariq ranglarda uchraydi. Qumtosh yanchilgan material qo’llarda, daryolarda to’planadi keyinchalik ularning tsementatiyalanish natijasida hosil bo’ladi.