Qurilish (binokorlik, qurilish maydoni)
Qurilish (binokorlik, qurilish maydoni) – 1) ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vazifasidagi asosiy fondlar barpo etiladigan moddiy ishlab chiqarish sohasi; 2) bino va inshootlarni tiklash, xususan, qurilish ishlari majmuini, jihozlarni o’rnatish bo’yicha ishlarni, yordamchi, transport va boshqa ishlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Bino va inshootlarni tuzatish bo’yicha ishlar ham qurilishga kiradi; 3) qurilish kengaytirilishi yoki qayta qurilishi, odatda, yagona loyiha-smeta hujjatlari bo’yicha, yig’ma smeta yoki sarf-xarajatlar ma’lumotlarida aniqlangan hajmda amalga oshiriladigan turli vazifadagi bino va inshootlar yig’indisi. Masalan: avtomobil yo’llari qurilishi, qish mavsumidagi qurilish, xususiy qurilish, kapital qurilish, kommunal xo’jalik qurilishi, yirik qurilish va hokazolar.