Qurilish keramikasi

Qurilish keramikasi – qurilishda ishlatiladigan materiallar va keramik buyumlar. Qurilish keramikasiga devor materiallari (g’isht va keramik toshlar), fasadlarni va binolarning ichki yuzalarini pardozlovchi materiallar (devor va pol uchun plitkalar) kiradi. U, shuningdek, tom yopish materiallari (cherepitsa), sanitariya-texnik keramika, keramik quvurlar, kislotaga chidamli mahsulotlar-g’isht va kafel, futerovka va pardozlovchi issiqlik izolyatsiya mahsulotlari-qobiq va segmentlar, maxsus maqsadli mahsulotlar (klinker, yer osti tuzilmalari uchun toshlar) va olovga chidamli mahsulotlardan iborat.