Qurilish konstruksiyalari

Qurilish konstruksiyalari – binoning bir qismi, qurilish va montaj ishlari jarayonida o’zaro bog’langan elementlardan tashkil topgan muayyan maqsadli inshoot. Qurilish konstruksiyasi binoda (inshootda) yuk ko’taruvchi, to’suvchi yoki boshqa funksiyalarni bajaradi yoxud ularning ba’zilarini birlashtiradi (poydevor, devor, orayopma, zinapoya, pol, ventilyatsiya, quduq, sanitariya-texnik uzeli, ombor va boshqalar).