Qurumlar

Qurumlar – tog`larning yon bag`irlaridagi va yassi tepaliklardagi yalang tosh uyumlari va sochilmalar. Qurumlar qattiq tog` jinslarining fizik nurashidan hosil bo`ladi. Ular og`irlik kuchi va suvning toshlar orasida muzlab, yana erishi natijasida tog` yonbag`irlari bo`ylab pastga surilib turadi. Tog`larda qurumlar yurish uchun juda xavfli bo`ladi, salga surilib, tosh oqimlarini hosil qiladi.