Evolyusiya nazariyasini hamma ham qabul qilavermaydi, ammo uning tarafkashlari qushlarning paydo bo’lishi haqida o’z xulosalariga ega. Qushlarning uchish qobiliyatiga bog’liq turli, mutlaqo o’ziga xos a’zolari mavjud. Ular issiq qonli bo’lishadi, chunki issiq qonli hayvonlar kuchni ovqatdan juda tez oladi. Ularning patlari nafaqat issiqdan saqlanishiga xizmat qiladi, balki yengil uchish yuzasini ham shakllantiradilar. Qushlar og’ir suyakdan tarkib topgan tishlaridan xalos bo’lishdi. Ularning amortizator vazifasini o’taydigan oyoqlari paydo bo’ldi. Qushlarning nigohi juda o’tkirdir. Bu mukammallik qachon paydo bo’lganini aniq aytish qiyin, ammo qushlar million yillar burun sodda reptiliyalardan tarqalgani ma’lum. Reptiliyalar guruhidan tarqalgan qushlar trias davrida, bundan 130 000 000 yil oldin yashagan. Bu toshqotgan hayvonlar qoldig’idan aniqlangan. Ilk qushlarning patli qanoti bo’lgan, ammo ular, nazarimizda, unchalik yaxshi ucha olmagan. Dumlari juda uzun va suyakdor bo’lgan, ammo hamma tomonidan patlar o’sib chihhan. Mavjud qushlarning faqat dum suyagi bor, patlar esa ana shu suyakdan yarim doira shaklida unib chihadi. Qadimiy qushlar juda ko’p mayda tishlarga ega bo’lgan. Taxminan 10 000 000 yildan keyin ham qushlar tishlarini saqlab qolgan, ammo aksariyat qushlar undan forig’ bo’lgan. O’sha davr qushlarining tosh qoldiqlari ko’rsatishicha, o’sha davr qushlarining o’lchami, qanotlari, xulqi hozirgi krachkalarnikiga o’xshagan. Shunisi qiziqki, qushlarning har bir a’zosidan ularning reptiliyalardan tarqalgani alomatlarini topishimiz mumkin, biroq har bir a’zo qushlarning o’ziga xos talablariga moslashgan. Bu o’zgarishlar, ehtimol, qushlarning sovuq qondan issiq qonga o’tish davriga to’g’ri keladi. Bu qushlarning o’zgarmas haroratda tuxum bosishi va bolalarini ham isitishi mumkinligini anglatadi. Natijada qushlarning uya qurishiga to’g’ri kelgan, avlodlari hahida g’amxo’rlik hissi paydo bo’lgan, shuningdek, hozirgi qushlarga xos boshqa vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan.

Aslida, tamakidan tashqari ayrim sabzavotlarda ham nikotin moddasi uchraydi

Ovqatni shoshilmasdan yaxshilab chaynab eyish tavsiya etiladi

Gulkaram ortiqcha vaznning dushmani, hazm tiziminig do’stidir

Orangutanlar tabiatdan soyabon topa oladiga maymunlardir

Aleksandriya – dunyoning ilk yirik kutubxonasi bo’lgan

Pingvinlar tabiatan komik aktyorga o’xshaydi

Bu faktlar haqida bilarmidingiz?

Hayvonlar insonlarga nisbatan ancha ko’p ranglarni ko’ra oladi

Spirtli ichimliklardan bir oyga voz kechish jigar faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi
