Qushlarning qaysi birlari qish uyqusiga ketadi?

Qishning sovuq kunlari tushishi bilan biz uylarga kirib olishimiz, erkinlikka chiqqimiz kelgunga qadar pechkalarni yohqib o’tirishimiz mumkin. Garchi biz ham issiq qonli mavjudot bo’lsak-da, qish uyqusiga ketolmaymiz. Bordiyu inson mana shunga qobil bo’lsa, qishni shu tariqa o’tkazsa, uzoq yashay olishi mumkinmidi, nima deb o’ylaysiz? Hayhot, qushlar ham qish uyqusiga ketolmaydi. Lekin ular juda past haroratga ham chidamlidir. Hatto jajji kanareyka, balki sizning qafasingizda bordir, agar yetarlicha miqdorda nimanidir cho’qilab tursa, tselsiy bo’yicha ko’chadagi qirq besh gradus sovuhqda ham yashay oladi. O’ziga ovqat tayyorlay oladigan va qishda issiq o’lkalarga uchib ketmaydigan qushlarga qish uyqusi kerak emas. Qish uyqusiga ketish miyadagi o’ziga xos haroratni boshqarib turuvchi markaz orqali aniqlanadi. Organizm sovuqni sezib, issiq saqlaydigan qatlamni kuchaytirish uchun tananing teri tagidagi a’zolariga yung va patlarini hurpaytirgancha qon yuborib turadi bu hayvonni qaltirashga majbur etadi va bu ham o’z navbatida isinishga imkon yaratadi. Qish uyqusiga ketadigan hayvonlar uxlash mahali kelganda tanalaridagi haroratni boshqarib turadigan markazni «o’chirib qo’yadilar». Bu hol deyarli barcha sovuq qonli hayvonlarga xos. Bu jarayon tashqi havoning sovushi, ovqat kamligi, kunning qisqarishi va boshqa sharoitlar tufayli sodir bo’ladi. Hayvonlar qish uyqusiga ketganda, uning haroratni boshqarish markazi to’xtab to’xtab qola boshlaydi: tana harorati pasaygan payti, mo’tadil holatda bo’lgani kabi harorat ko’tarilganini ham sezmaydi. Aksincha, tana harorati havo harorati bilan muvofiqlashadi. Nafas olishi yurak urishi kabi sekinlashadi va muntazamligini yo’qotadi, turli asab reflekslari harakatlanishini umuman to’xtatadi. Bordiyu havo harorati noldan pastga tushib ketsa, qish uyqusiga cho’mgan ba’zi hayvonlar tez-tez nafas ola boshlaydi, tanasi ham sal-pal ko’proq issiq ajrata boradi. Ayrimlari hatto uyg’onib ketadi. Havo haroratining keskin o’zgarishiny mutlaqo sezmagan hayvonlar muz qotishi hech gap emas.