Qutb tuni
Qutb tuni — yerning shimoliy qutb doirasidan shimolroqda va Janubiy qutb doirasidan janubroqda bo’lgan tun. Bir sutkadan ortiqdavom etadi. Kuzgi teng kunlik (21 yoki 22 sentabr)da Quyoshning og’ishi 0 ga teng bo’lganda yerning shimoliy qutb doirasida Quyosh chiqmaydi va Qutb tuni boshlanib, bahorgi teng kunlik (21 yoki 22 mart) gacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda Quyoshning og’ishi minimal (8=-23°27′), ya’ni Quyoshning qishki turishi (21 yoki 22 dekabr) kunlarida Qutb tuni uzunligi maksimal bo’ladi. Janubiy qutb doirasida (f=-66°33′) Quyosh qishki turish kuni botmaydi va yozgi Quyosh turish kuni (21 yoki 22 iyun) chiqmaydi. Qutb tuni ham qutb kuni kabi oddiy Geometrik ko’rinishda sodir bo’lmaydi. Quyosh gardishi, refraktsiya va Quyosh ogishining o’zgarib borishi Qutb tuni uzunligiga ta’sir ko’rsatadi. Umuman Qutb tuni qutb kuniga nisbatan qisqaroq bo’ladi.