Qushxurlar

Qushxurlar – o’rgimchaklar oilasi. Tanasining uzunligi 10 santimetrgacha; tuk bilan qoplangan. O’pkasi 2 juft. 600 ga yaqin turi bor. Xeliperasi tirnoqlari qayrilgan. Ularga zahar bezlari yo’li ochiladi. Janubiy Amerikaning tropik o’rmonlarida yashaydi. Tunda faol. Asosan, hasharotlar, mayda qurbaqa, kaltakesak; ba’zan qushlar bolasi bilan oziqlanadi (nomi shundan). Oddiy Qushxurlar (tanasi 5 santimetr, qora) va Yava qushxo’rlari (tanasi 10 santimetrcha, qizg’ish-qo’ng’ir) ko’p tarqalgan. Ayrim turlari odam uchun xavfli. O’rta Osiyo faunasida Qushxurlardan nemeziya urug’ining vakillari uchraydi.