Qutbiy doiralar

Qutbiy doiralar– ekvatordan 66°33′ shimoldan va janubdan o`tgan parallellar. Shimoliy yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21- yoki 22-dekabr) da qutbiy doiradan shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21-yoki 22-iyun) da Quyosh botmaydi. Janubiy yarim sharda esa buning aksi bo`ladi. Quyosh chiqmaydigan kunlar soni ekvatordan Qutbga tomon orta boradi va qutbda kun bilan tun yarim yildan davom etadi.