Quyosh batareyasi

Quyosh batareyasi — yarimo’tkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953-54 yillarda AQSh olimlari G.Pirson, K.Fuller va D.Chapinlar ishlab chiqishgan. Quyosh batareyasining quvvati yarimo’tkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bog’liq. Quyosh elementlari tayyorlashda kremniy §1, galliy OA, mishyak az, kadmiy Syo, oltingugurt 5, surma 8, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qoplamali yassi panel ko’rinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi o’nlab m2, tok kuchi yuzlab a, kuchlanishi o’nlab V, generator quvvati bir necha o’n kVt gacha boradi. Quyosh batareyasi, asosan, kosmonavtikada, yer sun’iy yo’ldoshlari apparatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda foydalaniladi. Erda esa Quyosh batareyasi ko’chma avtomat radiostantsiyalari va radiopriyomniklarda tok manbai sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari bilan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida shug’ullaniladi.