Quyosh radiatsiyasi
Quyosh radiatsiyasi (lotincha radiatsio – nur sochish) – Quyoshdan yorug`lik chiqishi, elektromagnit to`lqinlarining 300000 km/sek tezlikda tarqalishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi barcha jarayonlar uchun energiyaning asosiy manbaidir. Yer yuzasiga Quyosh radiatsiyasining hammasi ham yetib kelmaydi, bir qismini bulutlar qaytaradi, bir qismi issiqlikka aylanib yutiladi, bir qismi tarqalib, tarqoq Quyosh radiatsiyasiga aylanadi. Yer yuzasiga yetib kelgan Quyosh radiatsiyasi qisman yer yuzasidan qaytadi, qisman tuproqning va suvning ustki qatlamlarini isitib, yutiladi.