Radioaktiv chiqindilar

Radioaktiv chiqindilar — tarkibida davlat miqyosida tasdiqlangan normadan ortiq miqdorda radioaktiv izotoplar (ri) bo’lgan suyuq, qattiq va gazsimon chiqindilar. Suyuq. Radioaktiv chiqindilar atom elektr stantsiyalari (AES) ishlaganida, ishlatilgan issiqlik ajratuvchi elementlardan yadro yoqilg’isi olishda, fan, texnika va tibbiyotda turli xil radioaktiv nurlar manbalaridan foydalanishda hosil bo’ladi. O’zbekistonda har qanday hollarda ham Ri kontsentrasiyasi o’rtacha yillik ruxsat etilgan kontsentrasiyadan yuqori bo’lgan Radioaktiv chiqindilarni ochiq suv tarmoqlariga tashlash qonun bilan taqiqlangan. Suyuq Radioaktiv chiqindilar faolligiga ko’ra, 3 kategoriyaga: faollik kontsentrasiyasi 10~5kyuri/l dan yuqori bo’lmagan quyi darajali; faollik kontsentrasiyasi 10″5dan 1 Kyuri/l gacha bo’lgan o’rtacha darajali va faollik kontsentrasiyasi 1 Kyuri/l dan katta bo’lgan yuqori darajali chiqindilarga bo’linadi. Yuqori darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar, odatda, kichik hajmga qadar kontsentrlanib, yer ostiga germetik idishlarda ko’miladi. Xonalarni va korjomalarni yuvganda hosil bo’ladigan quyi darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplardan maxsus usullar yordamida tozalangach, qayta ishlatish uchun ishlab chiqarish sistemasiga qaytariladi yoki kanalizatsiyaga tashlanadi. Bu chiqindilardan ajratib olingan Radioaktiv chiqindilar o’rtacha darajali faol chiqindilar hisoblanadi. Qattiq Radioaktiv chiqindilarga yuvib ketkazib bo’lmaydigan ifloslangan materiallar, ishlatilgan korjomalar va boshqalar kiradi. Bu narsalarning hammasi beton zovurlarga tashlab ustidan tsement quyib, butunlay ko’mib yuboriladi. Atom sanoati ob’yektlarida va AESda suyuq va qattiq Radioaktiv chiqindilardan tashqari, tarkibida Ri uchuvchan birikmalar yoki |3CH, |291, 85kg, kabi Ri bor tashlandilar, shuningdek, radioaktiv aerozollar hosil bo’lishi mumkin. Bunday chiqindilarning bari maxsus tozalash sistemasidan o’tkazilib ventilyasiya mo’rkoni orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Tozalash sistemasidan chiqayotgan rining umumiy miqdori shamol, relef va o’simliklarning tabiati nazarga olingani holda ushbu ob’yektlar uchun belgilangan Ri miqdoridan yuqori bo’lmasligi lozim. Ventilyatsiya murkonlarining balandligi 100-150 metrdan kam bo’lmasligi shart. Ad:. Radiasionnaya bezopasnost. Velichini, edinisi, metodi i pribori. SB. st. M., 1974; Sanitarnie pravila i normi Sanpn №002994, T., 1994.