Radionavigatsiya

Radionavigatsiya (radio… va navigatsiya) — harakatlanadigan ob’yektlar (kema va samolyotlar) ni boshqarish va boshqariladigan ob’yektlarni to’g’rilashga doir amallar majmui; shunday masalalar bilan shug’ullanadigan ilmiy-texnika fani. Radionavigatsiya amallari radiotexnika vositalari va usullari yordamida bajariladi. Asosiy vazifasi — samolyot yoki kemaning turgan joyini aniqlash. Buning uchun ob’yekt yo’nalishi va masofasini aniqlashga to’g’ri keladi. Radionavigatsiyada radiopelengator, radiomayoq yoki radiolokatsiya stansiyasi va boshqa yordamida yo’nalishni, masofani o’lchash, panoram radiolokator ekraniga yer sirtining vizual tasvirini tushirish usullaridan foydalaniladi. Radionavigatsiya vositalarining ishi radioto’lqinlarning tarqalishi xususiyatidan foydalanishga asoslangan. Radionavigatsiya vositalari hal qiladigan masalalariga qarab, xususiy navigatsiya masalalarini yechishni ta’minlaydigan Radionavigatsiya qurilmalari (radiopelengatorp&r, radiokompaspar, radiomayak va boshqalar)ga va murakkab kompleks navigatsiya masalalarini yechadigan Radionavigatsiya tizimlariga bo’linadi. Foydalaniladigan radioto’lqin diapazoni bo’yicha radioaloqa reglamentiga muvofiq bo’lgan; navigasiya elementlarini o’lchashda foydalaniladigan radiosignallar parametrlari bo’yicha — amplitudali, fazali, chastotali, vaqtli va kombinatsiyalashgan; vaziyat chiziqlarini aniqlash usuli bo’yicha — burchak o’lchagichli (azimutli), uzoqlik o’lchagich (doiraviy) va Kombinatsiyalashgan; navigatsiya axborotlarini ta’minlovchi harakatdagi ob’yektlar soni bo’yicha — o’tkazish xususiyati chegaralangan va chegaralanmagan ob’yektlarni aniqlaydigan xillarga ajratiladi. Radionavigatsiya samolyot va kemalarni boshqarishda, qutqaruv ishlarida va xalq xo’jaligida qo’llanadi.