Rahimov Azim

Rahimov Azim (1925.27.2 — Buxoro — 1997.17.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. 1943 yildan armiya safida. 221-gvardiyachi o’qchi polki (1-belorussiya fronti, 69-armiyaning 77-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) vzvod komandiri o’rinbosari, gvardiyachi serjant. Rahimov 1945 yil 14-15 yanvarda Polshaning Zvolen shahri uchun bo’lgan janglarda jasorat ko’rsatgan. 1945 yil 27 Fevralda Qahramon unvoni berilgan. Urushdan so’ng Buxoro shahrida turli sohalarda ishlagan; shahar ko’chalaridan biri Rahimov nomi bilan atalgan.