Rahimov Habibulla G’aybullayevich

Rahimov Habibulla G’aybullayevich (1946.31.10, Tojikistonning Nov tumani) — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida o’qituvchi (1977-89), hozirgi O’zbekiston konservatoriyasida dotsent (1990 yildan), O’zbekiston bastakorlar uyushmasi kotibi (1992 yildan). 3 simfoniya, turli (Alt, violonchel, ovoz, fortepiano, Qashqar rubobi va boshqalar) sozlar uchun kontsertlar va kontsertinolar, «ona qalbi», «Alpomish va Oybarchin» operalari, shuningdek, «parvona», «kelin tanlov» kabi musiqali drama va komediya, oratoriya va kantata, puflama sozlar orkestri, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun, Arab, turk, yapon, koreys va boshqa xalqlar kuylari asosida kamer orkestr uchun musiqalar, kamervokal, kamercholg’u asarlar yozgan.