Reduktor

Reduktor (lotincha reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun mo’ljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni o’zgartirib beradi. Reduktor korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat bo’ladi. Tishli g’ildiraklar soniga qarab, Reduktorlar bir, ikki va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Masalan, ikki pog’onali Reduktor bir juft konus va bir juft tsilindrik shesternyalardan iborat bo’ladi. Uzatish sonini o’zgartirish mumkin bo’lgan Reduktor uzatmalar qutisi deb ataladi. Reduktor avtomobil, traktor, stanok, yuk ko’tarish hamda yo’l qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va boshqalarda keng qo’llaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bug’suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xilda tutib turadigan qurilma. Reduktorning asosiy elementi — reduktsion klapan. To’g’ri va teskari ishlaydigan xillarga bo’linadi. Reduktor gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga o’rnatiladi.