Rahimov Hamid

Rahimov Hamid (1927.15.5 — Toshkent — 1977.8.12) — kompozitor, dirijyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1954). O’zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli (1950-56), «Bahor» ansamblida (1958-59) musiqa rahbari, Muqimiy teatrida dirijyor (1958 — 59), O’zbekiston Madaniyat vazirligida mas’ul xodim (1960-61 va 1972-73), Toshkent konservatoriyasi rektori (1961-71), dotsenti (1967-72), Toshkent pedagogika instituti kafedra mudiri (1973-77). P. Rahimov bilan hamkorlikda «singillar qissasi» (Sh. Tamkin, 1955) va «Zafar» (U. Ismoilov, 1956) ilk musiqali dramalarni yaratgan. Keyinchalik «oq Nilufar» (R. Hamroyev, A. Bobojon, 1958), «rais uylanarmish» (B. Xalilov, 1959), «Ishqing bilan» (H. Umarov, 1959), «tanbur nolasi» (M. Qodirov, 1973) «Jonim fido» (I. Rahim, 1974). «Mashrab» (A. Tursunov, 1977) kabi musiqali drama va komediyalari bilan mazkur janr rivojiga hissa qo’shgan. Rahimov, shuningdek, «Zafar» (U. Ismoilov, 1970) operasi, simfonik orkestr uchun «Yoshlik» poemasi, 5 ta raqs, 2 ta syuita, «Bahor» kantatasi, «farg’onalik beshovlon» kinofilmiga va 3 telefilmga yozilgan musiqa, «qalb qo’shig’i», «Xayolim senda», «Toshkent bahori», «Quyoshiston» kabi qo’shiqlar va boshqa asarlar muallifi.