Rahimova Salimaxon

Rahimova Salimaxon (1949.20.2, Qo’qon shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qo’qon pedagogika institutini tugatgan (1974). 1967 yildan Qo’qon shahridagi 9, 25, 8-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 1974— 2001 yillarda 8-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, o’quv bo’limi mudiri. Sayohat, munozarabahs, konferentsiya, lektsiya-seminar kabi noan’anaviy dars usullaridan foydalangan.