Rahimova Sultonposhsha

Rahimova Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva — 1996.5.9, Urganch) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1955). 1943-74 yillar Xorazm teatrida ishlagan. Layli («Layli va Majnun»), Nurxon («Nurxon»), Zuhra («Tohir va Zuhra»), Nodira («Nodira»), Oyxon («Maysaraning ishi»), sanam («Aziz va sanam»), Shohsanam, Oylarbegim («oshiq g’arib va Shohsanam») kabi rollarini musiqali dramalarda jozibali ovozi, kuchli dramatik kechinmalari bilan mohirona ijro etgan. Shuningdek, dramalarda Guli («Alisher Navoiy»), Luiza («makr va muhabbat»), Larisa («Sepsiz qiz»), Jamila («boy ila xizmatchi»), Xolisxon («Xolisxon») kabi obrazlar yaratgan.