Rahmatov Abduraxmon Chorshanbiyevich

Rahmatov Abduraxmon Chorshanbiyevich (1932.7.11, Termiz tumani — 1999.8.10, Termiz) — O’zbekiston xalq artisti (1985). 1960 yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining aktyori. Murodxonov, Sunnat, Parvoz (H. G’ulom, «Farg’ona hikoyasi», «Toshbolta oshiq», «ajab savdolar»), Hoji (K. Yashin, «Nurxon»), Devona (S. Jamol, «Guli siyoh»), Rustam (U. Umarbekov, «O’liklar kechirmaydi»), darg’a (Hamza, «Maysaraning ishi»), Ashuraliev (A. Qahhor, «Ayajonlarim»), Mirza (Shuhrat, «Besh kunlik kuyov»), utkuriy (uyg’un, «Parvona»), Samandarov (J. Jabborov, «O’jarlar»), Vurm (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), Borisov (A. Ibrohimov, «Zo’ldir»), Qahxrr (M. Hazratqulov, «Qaytar dunyo»), Yalla bobo (M. Boboev, «So’nmasin chiroq») kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan. Rahmatov ijodi qaxramonlari dunyoqarashi mohiyatini, insoniylik fazilatlarini aniq ifodalay olishi bilan ajralib turadi.