Rahmatullayev Ismatulla

Rahmatullayev Ismatulla, Rahmatullazoda (1883, Samarqand viloyati Rajabamin qishlog’i — 1962) — jadid ma’rifatparvari, pedagog. Abduqodir Shukuriynmng «usuli savtiya» maktabida (1901-05) o’qib, so’ng shu maktabda o’qituvchilik qilgan (1906— 12), ayni paytda rus-tuzem maktabida ham tehsil olgan (1903-06). «Dorul adab» maktabini tashkil etgan (1913-17). Tojik tilida «ta’limi Alifbe» darsligini nashr etgan (1915). 1917-19 yillarda Samarqandda 35 ta yangi maktabning ochilishida ishtirok etgan. Samarqanddagi O’zbek maorif bilim yurti (1922-25) va O’zbekiston davlat kitob palatasining 1-direktori (1926-29), Behbudiy nomidagi kutubxona mudiri (1930-37). «Nashri maorif» va «anjumani maorif» jamiyatlarining hay’at a’zosi (1917-21). «Milliy Ittihod» tashkiloti a’zolari bilan hamkorlikda ayblanib, ikki marta qatag’on etilgan (193743, 194954). Hamid Olimjon, Fotih Niyoziy, Muzayyana Alaviya, Razzoq Hamroev, Tolibjon Sodiqov, Voxid Abdullaev singari fan va madaniyat arboblari Rahmatullayev rahbarlik qilgan bilim yurtida ta’lim olganlar.