Rahimova Bekajon
Rahimova Bekajon (1923.3.1.10 Xiva — 1997.2.4, Urganch) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1991). 1936-38 yillar «bolalar teatri»da, 1938-55 yillar Xiva xalq teatrida, 1955-90 yillar Ogahiy nomidagi teatrda faoliyat ko’rsatgan. O’z ijodi davomida bir qancha spektakllarda turli roller ijro etgan: Maysara («Maysaraning ishi»), Durjon kampir («paranji sirlari»), Yosuman («Farhod va Shirin»), Feokla Ivanovna («Uylanish»), Hoji ona («boy ila xizmatchi»), Zebo («Arshin mol olon»), Jannat xoda («Qaynona»), Margo («ko’ngli yosh qariyalar»), xodima («Olma pishganda keling») va boshqalar. «Xiva vaqti bilan soat 700 da» filmidagi kampir roli bilan keng ommaga tanildi («Boboyjonim» dueti). Shuningdek, hazil qo’shiklar, xalq laparlarini qiyomiga yetkazib kuylab, raqsga tushgan.
O‘xshash so‘zlar
- Rahimov Nabi
- Rahimov Azim
- Rahimov Hamid
- Rahimov Karim
- Rahimov Jalil
- Rahimov Vahob
- Rahimova Gulora
- Rahimov Mirzohid





