RAJABOV DAVRON BAHROMOVICH

RAJABOV DAVRON BAHROMOVICH (1936.28.12, Navoiy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1960). 1960 yildan Navoiy tumanidagi 7-maktabda matematika va chizmachilik o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari. O’quvchilarga bilim berishda texnika vositalari, kompyuterdan foydalanadi va darsni yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etadi.