RAJABOV TOHIR

RAJABOV TOHIR (1942.17.9, Sho’rchi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1993). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Sho’rchi tumanidagi 35-maktabda o’qituvchi, maktab direktori o’rinbosari, 1979-99 yillarda Oltinsoy tumanidagi 24-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari. Darsni ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalangan holda o’tgan.