Ra’nodoshlar, atirguldoshlar
Ra’nodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Daraxt, buta va utlardan iborat. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari to’g’ri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki ko’pincha to’pgulda o’rnashgan. Changchisi ko’p; meva barglari bitta va ko’p bo’ladi. Mevasi — po’stli, ko’sakcha, olma, danak va b. ko’rinishda bo’ladi. Ba’zi madaniy Ra’nodoshlarda mevalar partenokarp va urug’siz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida tarqalgan. Asosan, Shimoliy yarim sharning mo’tadil va subtropik hududlarida tarqalgan. O’zbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi o’sadi. Ra’nodoshlaroilasi ko’pincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — ko’p po’stli); olmadoshcha- lar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — ko’p ko’sakcha); ol xo’ridoshchalar (mevasi — danakcha)ga bo’linadi. Ra’nodoshlarga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxo’ri, o’rik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulg’i va boshqalar) o’simliklar kiradi.