Rapakivi
Rapakivi (Fincha rapakivi — chirigan tosh) — porfirsimon struktura ko’rinishidagi granit; oligoklazning oq yoki ochyashil hoshiyasi bilan o’ralgan yumaloq shaklli (ovoid) pushti rang ortoklaz aralashgan. Tarkibida ortoklaz (40% ga yaqin), oligoklaz (20 % cha), qoramtir slyuda (8% cha), idiomorf kvars (30% cha) va ikkilamchi minerallardan amfibol, ortit, sfen, diopsid, magnetit, apatit kabilar bor. Rangi ko’pincha qo’ng’irpushti, qizg’ish, ba’zan yashilroq yoki qoramtir. Rapakivi nurashga nisbatan chidamsiz, kelib chiqishi baxsli. Rapakivi Finlyandiya va Shvetsiyada ko’p uchraydi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa joylarda bor. Rapakivi qurilish va imorat sirtini qoplash uchun ishlatiladigan muhim tosh.