Rahimov Mamajon Isayevich

Rahimov Mamajon Isayevich (1943. 20.7, Uchko’prik tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Farg’ona pedagogika institutining fizika- matematika fakultetini tugatgan (1965). Uchko’prik tumanidagi 14, 43-maktablarda fizika-matematika o’qituvchisi (1965-75 va 1986 yildan), 30-maktabda o’quv bo’limi mudiri (1975-86). Noan’anaviy dars usullaridan foydalanadi.