Raqamli hisoblash mashinasi

Raqamli hisoblash mashinasi — amallar raqamli kodlar yordamida bajariladigan electron hisoblash mashinasi. Unda qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallaridan tashqari, mantiqiy amallar ham bajariladi. Raqamli hisoblash mashinasida misol yechish uchun, albatta, dastur tuziladi. Mashina amallarni zarur komandalar orqali ma’lum tartibda avtomatik ravishda yechadi. Tuzilgan dastur perforasion (teshikteshik) lenta, magnit lenta va boshqalarga shartli kod bilan yozilgan holda maxsus (kirituvchi) qurilma erdamida mashinaga kiritiladi. Umuman Raqamli hisoblash mashinasi arifmetik qurilma, xotira qurilmasi, boshqarish qurilmasi va natija chiqaruvchi qurilmadan iborat. Arifmetik qurilma, asosan, qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish va mantiqiy amallarni bajarish uchun, xotira qurilmasi sonlar va komandalarni saklash uchun qo’llaniladi. Boshqarish qurilmasi mashinaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Agar mashina noto’g’ri ishlasa, uni tezda to’xtatadi, mashina ishini doimo nazorat qilib turadi. Natija chiqaruvchi qurilma olingan natijalarni qog’ozga turli qurilmalar erdamida qayd qilib boradi. Raqamli hisoblash mashinasida tranzistorlar va integral sxemalar ishlatiladi. Xalq xo’jaligida Raqamli hisoblash mashinasi ilmiy-texnik hisoblarni bajarish, ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, jarayonlarni avtomatik boshqarish va boshqalar uchun qo’llanadi. 20-asr 60-yillaridan EHM termini rasm bo’ldi, 90-yillaridan shaxsiy kompyuterlar deb ataluvchi ixcham EHM lar ko’proq qo’llana boshladi.