Rasadxona, observatoriya

Rasadxona, observatoriya — astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, ob’yektlarni kuzatish bilan shug’ullanadigan joy sifatida paydo bo’lgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasasiga aylangan. O’rta asrlarda Sharqda ko’plab Rasadxonalar qurilgan. Keyinchalik (16-asr o’rtalaridan) Yevropada Rasadxonalar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan ta’minlana boshladi. O’zbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan Rasadxona birinchi marta 1973 yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi harbiy topografiya bo’limi tizimida astronomiya va fizika Rasadxonasi sifatida tashkil qilindi. Unda ilmiy tadqiqot ishlari (vaqtni o’lchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va boshqa ishlar) olib boriladi. Rasadxonalarda astronomik, magnit, gidromete- orologik, seysmik va boshqa kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi. Astronomik Rasadxonalardan tashqari, aerologik Rasadxona, dengiz Rasadxonasi, geofizik Rasadxona, kosmik Rasadxona, magnit Rasadxona, meteorologik Rasadxonalar mavjud.