Rashidov Tursunboy

Rashidov Tursunboy (1934, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1984), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1956). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida ilmiy xodim (1959), sektor mudiri (1963-66), direktor o’rinbosari (1966), direktor (1966-74), Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat in-stitutida rektor (1974-79). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi Mexanika va boshqarish jarayonlari bo’limi akademik kotibi (1979-84), Prezidiumning Bosh ilmiy kotibi (1984-85), akademiyaning vitse-Prezidenti (1985-92), Fanlar Akademiyasii Prezidiumi Mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika bo’limi raisi (1992-94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida bo’lim boshlig’i (1984 yildan). Ilmiy ishlari konstruktsiyalar va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmodinamikasiga doir. Toshkent hududining seysmik mikrohududlashtirilgan xaritasini tuzishda, Toshkent metropoliteni zilzilabardoshligini aniqlash va qurilishga tatbiq qilishda faol qatnashgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1983). As: yer osti quvurlarining zilzilabardoshligi, T., 1985 (hamkorlikda); nazariy mexanika asoslari (hamkorlikda); T., 1990; Seysmostoykost tonnelnix konstruktsiy metropolitena melkogo zalojeniya, T., 1993 (hamkorlikda).