Rasulov Muxtor

Rasulov Muxtor (1922.25.12, Farg’ona shahri) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), iqtisod fanlari Doktori (1975), professor (1976). Toshkent Moliya-iqtisod institutini tugatgan (1951). 2-jahon urushi qatnashchisi. O’rta Osiyo universitetida o’qituvchi, dotsent, professor va kafedra mudiri (1951-61). Samarqand kooperativ instituti rektori (196169), Farg’ona universiteti prorektori (1969-73), Toshkent universitetida kafedra mudiri (1974-2000). 2000 yildan Toshkent iqtisodiyot universiteti savdo menejmenti kafedrasida professor. Ilmiy ishlari O’zbekistondagi savdo tarixi, kooperativ harakati tarixi, kooperativ savdo iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti va boshqa masalalarga bag’ishlangan. As: kooperativ savdo iqtisodiyoti, T., 1966; bozor iqtisodiyoti asoslari, T., 1999, bozorni ijtimoiy himoyalash, T., 2003.